Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida ijro hokimiyatining faolligi tizimning resurlariga bog‘liqligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, deputatlarda bunday resurs yo‘qligi uchun ular qiynaladi. «Deputatlarda har doim ham soha bo‘yicha tahlil bo‘lmaydi. Deputatning yordamchisi ham yo‘q», — deydi u.
«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning oldini olish uchun «hukumat o‘z amaldorlarini to‘g‘ri tarbiyalay olishi kerak».
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qildi. Vazir AQSH va Niderlandiya hukumatlariga katta miqdorda jarimalar to‘lagan O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan bog‘liq korrupsion mojarolarni misol qilib keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting